AQSh Sudanga 20 yildan beri tadbiq etib kelayotgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi

AQShning iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish to’g’risidagi qarori Sudan davlatida xursandchilik bilan kutib olindi.

822147
AQSh Sudanga 20 yildan beri tadbiq etib kelayotgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Sudanga 20 yildan beri tadbiq etib kelayotgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi.

Bu haqda AQSh kotibligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Sudan hukumatiga berilgan sanksiyalarni bekor qilishga asosiy sabablardan biri mojaroli hududlarda o't ochishni to'xtatish, tartibni saqlash va insonparvarlik yordamlarini yetkazish bo’yicha AQSh bilan hamkorlik qilganidir.

Lekin, ayni paytda Sudan AQShning terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlatlar ro'yxatida qoladi.

Bundan tashqari, AQSh Sudan hukumatining terrorchilikka qarshi kurash va inson huquqlariga amal qilish kabi sohalarda rivojlanishga erishayotganini qoniqarli deb baholamoqda.

Vashington hukumati Sudan hukumatidan inson huquqlari, diniy erkinliklar va BMT Bosh assambleyasining qarorlariga amal qilishi talab qilindi.

AQShning iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish to’g’risidagi qarori Sudan davlatida xursandchilik bilan kutib olindi.

Sudan xalqi ushbu xushxabarni katta sevinch bilan nishonladi.

Islom hamkorlik tashkiloti ham AQShning Sudanga 1997 yildan buyon tadbiq etib kelayotgan iqtisodiy sanksiyalarini bekor qilganini ijobiy baholadi.

Mutahassislarning fikricha, sanksiyalarning bekor qilinishi Sudanda iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik, tinchlik va farovonlikning ta’minlanishiga katta hissa qo’shadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #AQSh , #iqtisodiy sanksiya , #AQSh kotibligi

Aloqador xabarlar