AQSh kotibi Reks Tillerson 28 sentyabr kuni Xitoyga safar qiladi

Reks Tillerson 28 sentyabr va 1 oktyabr kunlari rasmiy ziyorat maqsadida Xitoyda bo’ladi.

815082
AQSh kotibi Reks Tillerson 28 sentyabr kuni Xitoyga safar qiladi

AQSh kotibi Reks Tillerson ertaga, 28 sentyabr kuni Xitoyga safar qiladi.

Bu haqda AQSh kotibligi voizi yozma izoh bildirdi.

Izohda yozilishicha, Reks Tillerson 28 sentyabr va 1 oktyabr kunlari rasmiy ziyorat maqsadida Xitoyda bo’ladi.

“Tillersonning ziyoratida Koreya yarim orolini atom qurolsizlantirish, AQSh prezidenti Donald Trampning noyabr oyida davlat tashrifi bilan Xitoyga kelishi va bunga doir tayyorgarliklar, qolaversa Xitoy bilan AQSh o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilinadi”,-deyiladi izohda.

Lavozimga tayinlangach, birinchi rasmiy ziyoratini Xitoyga amalga oshirgan Tillerson 28 sentyabrda bu mamlakatga ikkinchi tashrifini amalga oshirgan bo’ladi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning noyabr oyida Xitoyga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Reks Tillerson , #AQSh , #Xitoy , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar