AQSh 7 ta davlat fuqarolarini mamlakatga kirishini chekladi

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur 7 ta davlat fuqarolarini AQShga kirishini ta’qiqlash to’g’risidagi qarorni imzoladi.

813367
AQSh 7 ta davlat fuqarolarini mamlakatga kirishini chekladi

AQSh hukumati Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela va Yaman fuqarolarining mamlakatga kirishini cheklash va milliy xavfsizlik choralarini kengaytirish to’g’risida qaror qabul qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur 7 ta davlat fuqarolarini AQShga kirishini ta’qiqlash to’g’risidagi qarorni imzoladi.

Ushbu qaror Oq uy saytida e’lon qilindi.

Bu qaror yakshanba kuni muddati to’ladigan “viza ta’qig’i qarornomasi”ning o’rnini egallaydi va 18 oktyabr kuni kuchga kiradi.

Mazkur qarorga binoan, Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Venesuela va Yaman fuqarolariga AQShga sayohat qilish cheklanadi va ularga nisbatan xavfsizlik nazorati kuchaytiriladi.

AQShga fuqarolari kirishi ta’qiqlanadigan davlatlar ro'yxatining birinchisida, asosan musulmon davlatlar o’rin olar ekan, yangi ro’yxatda esa bu kategoriyada bo’lmagan davlatlarning ham borligi diqqatni jalb qiladi.

Masalan, oldingi ro’yxatda o’rin olgan Sudan, yangi ro’yxatga kiritilmagan.

Uning o’rniga Shimoliy Koreya, Venesuela va Chad davlatlari yangi ro’yxatga kiritilgan.

 “Men avvalo Amerika xalqining manfaatini va milliy xavfsizligini ta’minlashga majburman. Xavfsiz ravishda nazoratdan o’tkazila olmagan kishilarni mamlakatimizga qabul qila olmayman”,- deydi Donald Tramp tvitter hisobida.

Tramp hukumati mart oyida aholisining aksariyati musulmon bo’lgan Eron, Suriya, Somali, Yaman va Liviya fuqarolariga 90 kun bo’yicha yangi viza berilmasligi va AQShga muhojirlarni qabul qilishni 120 kun muddatga to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilgandi.

26 iyunda AQSh oliy sudi Trampga aksariyat aholisi musulmonlarni tashkil qiluvchi 6 ta davlat fuqarolariga qisman va barcha muhojirlarga to'liq AQShga kirishni taqiqlashga ruxsat bergandi. Ushbu ruxsat 30 iyundan kuchga kirgan edi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar