Suriyadagi otishmalarda fransuz askari halok bo’ldi

Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron fransuz askarning halok bo’lganidan chuqur iztirobda ekanini bildirdi.

812938
Suriyadagi otishmalarda fransuz askari halok bo’ldi

Suriyadagi otishmalarda fransuz askari halok bo’ldi.

Elysee saroyidan berilgan bayonotda, Suriya-Iroq chegarasida xizmat qilgan fransuz ofitser bugun sodir bo’lgan to’qnashuvlarda halok bo’lgani ma’lum qilindi.

Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron askarning halok bo’lganidan chuqur iztirobda ekanini bildirdi.

 “Yaqin sharqda terrorizmga qarshi kurashda, O’rta yer dengizi sharqida va Afrikada xizmat qilgan fransuz askarlardan ishonchim komil”,-deydi Makron.

Fransiya maxsus qo’shini tarkibidagi parashyutchi askarning qayerda va qanday halok bo’lgani haqida batafsil ma’lumot berilmadi.

Eslatma: AQSh boshchiligidagi DAIShga qarshi kurash koalitsiyasi tarkibiga 2014 yilning 19 sentyabr kuni qo’shilgan Fransiya Suriya va Iroqda “Shimol” deb atalgan harbiy operatsiyani olib borayotgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar