Kanada hukumati, Myanmadagi vaziyatdan qayg'uli ekanligini bildirdi...

Kanada Xalqaro Taraqiyot vaziri Marie-Claude Bibeu, Myanmani gumanitar yordamlarni yetkazishga to'sqinlik qilmasligi uchun ogohlantirdi.

812617
Kanada hukumati, Myanmadagi vaziyatdan qayg'uli ekanligini bildirdi...

Kanada Xalqaro Taraqiyot vaziri Marie-Claude Bibeu, Myanmadagi harbiy va noharbiy vakillardan gumanitar yordamlarni yetkazishga to'sqinlik qilmasligi uchun ogohlantirdi.

Vazir Marie-Claude Bibeauning bergan bayonotida, o'lkasining Arakanda borib yetishi kerak bo'lgan insoniy yordamlarning cheklanishidan chuqur qayg'uli ekanligini bildirib, "Kanada, bu kirishuvlarni qoralaydi va gumanitar  yordam olib borgan xodimlarga qaratilgan tahditlarni bartaraf qilishini talab qiladi" deb ifoda etdi.

Ayollar va bolalarning yordamga e'htiyoji kun o'tgan sari ortib borganiga diqqat qaratgan Bibeau, insoniy yordam olib borgan xodimlarning Arakanga  xavfsiz ravishda yetib borishini ta'minlashga chaqirdi.

Bibeua, "Myanmadagi barcha tomonni, xalqaro huquqga munofiq gumanitar yordamlarni zudlik bilan yetkazilishiga ruxsat berishga chaqiramiz"  deb ifoda  etdi.

Kanada hukumati, o'tgan haftalarda Myanmadan Bangladeshga borgan Arakanli musulmonlarning e'htiyojlari uchun 5 million dollarlik moddiy yordam bergan edi.



Aloqador xabarlar