Meksikadagi yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni bugun 96 nafarga yetdi

Meksikaning janubiy sohillarida o’tgan haftaning juma kuni kuzatilgan 8.1 magnitudali yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni bugun 96 nafarga yetdi.

805460

Yer silkinishidan eng ko’p ziyon ko’rgan mintaqalardan biri hisoblangan Juchitan shahrida, harbiylar bilan federal politsiya kuchlari ziyon yetgan binolarning yiqitilishiga yordam berdi.  

Yaqin atrofdan kelgan ko’ngillilar, voqeadan jafo chekganganlarga yordam tarqatish faoliyatida ishtirok etdilar.

Aytib o’tish joizki kecha ertalab Juchitanda 5.2 magnitudali takroriy seysmik silkinish kuzatilgan.

Mahalliy yetakchilar mamlakatning janubiy sohillarida yiqimga yo’l ochgan juma kungi yer silkinishi ortidan turli magnitudada qariyb 800 ta takroriy seysmik silkinishlarning qayd etilganligi ma’lum qilgan edi.

AQSh geologik tadqiqot markazi epitsentrining Pijijiapan shahrining 87 kilometr janubi-sharqi hisoblangan 8.1 magnitudali yer silkinishining 69.7 kilometr teranglikda qayd etilganligini ma’lum qilar ekan, Meksika Davlat rahbari Enrike Pena Neto esa yer silkinishini 8.2 magnitudali deb e’lon qilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Meksika , #yer silkinishi , #Enrike Pena Neto

Aloqador xabarlar