Meksikadagi yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni ortdi

Meksikaning Tinch okeani qirg’oqlarida kuzatilgan 8.2 magnitudali yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni bugun 60 nafarga yetdi.

803946
Meksikadagi yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni ortdi

Meksikaning Tinch okeani qirg’oqlarida kuzatilgan 8.2 magnitudali yer silkinishi oqibatida jon berganlar soni 60 nafarga yetdi.

Yer silkinishi eng ko’p Meksikada his qilindi.

Poytaxt Mexiko shahrida katta vahima ko’tarildi.

Silkinish Gvatemala, Gonduras, Beliz, Nikaragua va Salvadorda ham his qilindi.

Meksikaning janubidagi Chiapas va Tabasko viloyatlarida jon berganlarning borligi aniqlandi. Jon berganlarning eng ko’pi Oaxaka shtatida ekanligi aniqlandi.

Silkinishning quvvatli kuchi oqibatida Oaxaka shtatidagi bir mehmonxona qulab tushdi.  

Meksika Davlat rahbari Enrike Pena Neto,

“Bu voqea mamlakatimizda oxirgi asrda yuz bergan eng og’ir yer silkinishi hisoblanadi. Xalqimizning xavfsizligi uchun qo’limizdan kelishicha harakat qilmoqdamiz” dedi.

Yer silkinishi ortidan tsunami borasida xalq ogohlantirildi.

Balandligi 1 metrga yaqinlashgan tsunami tolqinlari Meksika qirg’oqlariga yetdi lekin hech kim, hech qaysi mintaqa ziyon ko’rmadi.

Yer silkinishi ortidan eng kattasi 7.2 ball bo’lgan 60 dan ortiq takroriy seysmik silkinishlar yuz berdi.

Meksikada bugungacha eng og’ir (8 ball) yer silkinishi 1985-yili kuzatilgan bo’lib, minglab kishining umriga zomin bo’lgan edi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #Tinch okeani , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar