Gruziyada millatlar aro harbiy mashg'ulotlar...

Gruziyada "Agile Spirit 2017" nomli millatlar aro harbiy mashg'ulotlar, 3-11 Sentyabr kunlari o'tkaziladi.

800170
Gruziyada millatlar aro harbiy mashg'ulotlar...

Gruziyada millatlar aro harbiy mashg'ulotlar...

Gruziya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Ozarbayjon, Bolgariya, Latviya, Armaniston, Ruminya va Ukrainaning ishtirogida "Agile Spirit 2017" nomli millatlar aro harbiy mashg'ulotlar, 3-11 Sentyabr kunlari o'tkaziladi.

Gruziya Mudofaa vazirligining internet saytidan berilgan bayohotda, o'lkaning Akhaltsikhe shahri yaqinida Orforo harbiy maydonida bo'ladigan mashg'ulotlarga, 1500 askarning ishtirok etishi bildirildi.

Bayonotda, mashg'ulotlarga qatnashadigan AQShli askarlarning o'lkaga kelgani bildirilib, mashg'ulotlarga, Gruziya, Aqsh, Ozarbayjon, Bolgariya, Latviya, Armaniston, Ruminya va Ukrainaning ishtirok etishi qayd etildi. 

Shuningdek, Gruziya mudofaa vaziri Levan Izoria, mashg'ulotlarga qatnashadigan o'lkalarning harbiy atashalari bilan oldingi kun uchrashdi.

Izorianing harbiy atashalar bilan o'tkazgan uchrashuvi, "Agile Spirit 2017" mashg'ulotlarining, Gruziya qo'shining NATO bilan moslashtirish, hamkor davlatlar bilan mushtarak faliyatlar olib borish imkoniyati yaratish bilan hududda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadlangani ifoda etilgani bildirildi.



Aloqador xabarlar