Eronning Sherebiyan tumanida 4.9 bal zilzila sodir bo’ldi

Sharqiy Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Halil Sai zilzila oqibatida 8 kishi yaralanganini, ba’zi uylarda moddiy talofat yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

797873
Eronning Sherebiyan tumanida 4.9 bal zilzila sodir bo’ldi

Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga qarashli Sherebiyan tumanida 4.9 bal zilzila sodir bo’ldi.

Tehron universiteti geofizika instituti seysmologiya markazi ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 03:44 atrofida ro’y bergan zilzila yerning 6 km tagida yuzaga kelgan.

IRNA rasmiy xabar agentligiga bayonot bergan Sharqiy Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Halil Sai zilzila oqibatida 8 kishi yaralanganini, ba’zi uylarda moddiy talofat yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

Hududda qidiruv va qutqaruv faoliyati davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #zilzila , #sharqiy Ozarbayjon , #Sherebiyan

Aloqador xabarlar