Barselonada 17 avgust kuni sodir bo’lgan teraktlar qoralanmoqda

“Men qo'rqmayman!” shiori ostida o’tkazilgan namoyishga o'n minglab aholi qatnashdi.

797393
Barselonada 17 avgust kuni sodir bo’lgan teraktlar qoralanmoqda

Barselonada 17 avgust kuni sodir bo’lgan teraktlarni qoralash maqsadida namoyish o’tkazildi.

 “Men qo'rqmayman!” (“No tinc por”) shiori ostida o’tkazilgan namoyishga o'n minglab aholi qatnashdi.

Shuningdek, namoyishga Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va qirol VI Filipp, majlis va senat raislari, vazirlar, Kataloniya avtonom boshqaruvi hukumati a’zolari va Ispaniyadagi boshqa avtonom hududlarning boshqaruv rahbarlari, barcha siyosiy partiyalarning rahbarlari, Ispaniyaning sobiq bosh vazirlari, hokimiyat raislari, diplomatlar va san’atkorlar ham ishtirok etdilar.

Ma’lumki, shu yilning 17 avgust kuni Barselonada terrorchilar shahar markazidagi Rambla ko'chasida piyodalarni furgonda bosib ketishgan.

O’sha kuni kechki vaqt xuddi shunday ikkinchi hujum Kambrilsda sodir etilgan.

Keyinroq jangarilar Barselonaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri Sagrada-Familiya ibodatxonasini portlatmoqchi bo’lishgan.

Ular bu qora rejalarini amalga oshirish uchun bomba joylashtirilgan uchta furgonni portlatmoqchi bo'lishgan.

Hammasi bo'lib teraktlar oqibatida 15 kishi halok bo'lgan, 120 dan ko'proq kishi jarohat olgan.

Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni DAISh o'z zimmasiga olgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Barselona , #terakt , #Ispaniya , #Kataloniya , #DAISh

Aloqador xabarlar