Yamanda 2015 yili boshlangan to’qnashuvlarda 8300 dan ziyod inson nobud bo’ldi

Bu sog’liqni saqlash tashkilotlaridan olingan rasmiy natijalar, aslida haqiqatda esa qurbonlar soni yana ham ko’pchilikni tashkil qilishi ehtimoldan holi emas.

793562
Yamanda 2015 yili boshlangan to’qnashuvlarda 8300 dan ziyod inson nobud bo’ldi

Yamanda 2015 yilning mart oyida boshlangan to’qnashuvlarda 8300 dan ziyod inson nobud bo’ldi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra, Yamanda 2015 yilning 19 martidan 2017 yilning 15 avgustigacha bo’lgan vaqt mobaynida 8380 kishi to’qnashuvlarda halok bo’lgan, 47741 kishi yaralangan.

Bu sog’liqni saqlash tashkilotlaridan olingan rasmiy natijalar, aslida haqiqatda esa qurbonlar soni yana ham ko’pchilikni tashkil qilishi ehtimoldan holi emas.

Mamlakatda eng ko’p o’lim asosan urush boshlangan yili yuzaga keldi.

Uzoq yillardan beri siyosiy barqarorsizlik hukm surib kelayotgan Yamanda Husiylar bilan to’ntarilgan davlat rahbari Ali Abdullah Salih tarafdorlari 2014 yilning sentyabr oyidan beri poytaxt Sananing nazoratini ta’minlab keladi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan buyon Yaman hukumatini qo’llab quvvatlab, Husiylarga qarshi kurashmoqda.

 



Aloqador xabarlar