AQSh va Janubiy Koreya qo'shma harbiy mashg’ulotlarini boshladi

AQShdan 17500 va Janubiy Koreyadan 50000 harbiy ishtirokida boshlangan harbiy mashg’ulotlarning 11 kun davom etishi kutilmoqda.

793627
AQSh va Janubiy Koreya qo'shma harbiy mashg’ulotlarini boshladi

AQSh va Janubiy Koreya bugun 21 avgust kuni hamkorlikda harbiy mashg’ulotlarini boshladi.

“Ulchi erkinlik himoyachilari” deb nom berilgan qo’shma harbiy mashg’ulotlar Shimoliy Koreyani g’azablantirdi.

AQShdan 17500 va Janubiy Koreyadan 50000 harbiy ishtirokida boshlangan harbiy mashg’ulotlarning 11 kun davom etishi va 31 avgust kuni o’z nihoyasiga yetishi kutilmoqda.

Harbiy mashg’ulotda tank manevrlari, haqiqiy qurol-aslaha va portlovchi moddalardan foydalanilmaydi, aksincha harbiylarning kompyuter simulyatsiyalari bilan qaror berish qobiliyati sinab ko’riladi.

AQSh va Janubiy Koreyaning bayonotiga ko’ra, harbiy mashg’ulotlar faqatgina mudofaa maqsadlarida o'tkazilmoqda, qolaversa yarim orolda keskinlikni avj oldirishga qaratilmagan.

Shimoliy Koreya esa, qo’shma harbiy mashg’ulotlar “ishg’olning repetitsiyasi” ekanini aytmoqda.

Yakshanba kuni “Rodong Sinmun” gazetasida chop etilgan bir maqolada, ushbu harbiy mashg’ulotlar Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirishi va to’xtatib bo’lmaydigan atom urushini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirilgandi.

Xitoy va Rossiya iyul oyida Shimoliy Koreyaning ballistik roketa sinovini to’xtatishi evaziga, qo’shma harbiy mashg’ulotning to’xtatilishini taklif qilgandi.

Lekin, AQSh Harbiy bosh shtabi raisi Joseph Dunford o’tgan hafta qo’shma harbiy mashg’ulotlarni to’xtatish xozirda eng dolzarb bo’lgan mavzu emas degandi.

 



Aloqador xabarlar