Misr g'azolik hojilar uchun Refah chegarasini ochdi

“Misr hukumati bugun ertalabdan e’tiboran Refah chegarasini ochdi. Haj ziyoratiga otlangan g’azoliklar chegaradan o’tib Saudiya Arabistoniga jo’nab ketishi mumkin”,-deyiladi bayonotda.

789702
Misr g'azolik hojilar uchun Refah chegarasini ochdi

Misr haj ziyoratiga borish uchun Saudiya Arabistoniga jo’naydigan g’azoliklarga Refah chegarasini ochdi.

Bu haqda G’azodagi ichki ishlar vazirligiga qarashli chegara bojxonalari idorasi bayonot berdi.

“Misr hukumati bugun ertalabdan e’tiboran Refah chegarasini ochdi. Haj ziyoratiga otlangan g’azoliklar chegaradan o’tib Saudiya Arabistoniga jo’nab ketishi mumkin”,-deyiladi bayonotda.

Chegaraning Falastin tomonidan mas’ul xodimi Hisham Advan ma’lum qilishicha, bugun taxminan 800 kishi chegaradan o’tib, hajga jo’nab ketadi. Chegara 4 kun ochiq bo’ladi.

Ma’lumotga ko’ra, bu yil G’azodan hajga taxminan 2500 atrofida musulmon boradi.

Eslatma: Misr hukumati 2013 yilning 3 iyul kunidagi harbiy to’ntaruvdan so’ng, Refah chegarasini vaqti-vaqti bilan ochadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Misr , #haj ziyorati , #Falastin , #G'azo , #Refah chegarasi

Aloqador xabarlar