Kongo Demokratik Respublikasida vabo kasalligi tarqaldi

Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan o’ta yuqumli vabo kasalligi 117 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

788931
Kongo Demokratik Respublikasida vabo kasalligi tarqaldi

Kongo Demokratik Respublikasida o’tgan oy aniqlangan o’ta yuqumli vabo kasalligi 117 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Kongo sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, shu yilning 11 iyulida mamlakatning sharqiy hududlarida aniqlangan vabo kasalligi tezda tarqalmoqda.

Vaboga chalingani aniqlangan 3140 kishidan 117 nafari nobud bo’lgan.

Olingan bir qator choralar natijasida vaboning tarqalish tezligi pasaydi, lekin yuqumli kasallikning boshqa hududlarda ham yuzaga kelish tahlikasi davom etmoqda.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotidan olingan ma’lumotga ko’ra, gigiyena va tozalikka amal qilinmasligi, toza ichimlik suvining tanqisligi kabi omillar vabo kasalligining kelib chiqishiga eng katta sabablardan biri bo’lib hisoblanadi.

 

 



Aloqador xabarlar