Xitoy g'arbida 7 bal zilzila yuz berdi

Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 13 kishiga yetdi.

786583
Xitoy g'arbida 7 bal zilzila yuz berdi

Xitoy g'arbida 7 bal zilzila yuz berdi.

Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 13 kishiga yetdi.

So'nggi ma`lumotlarga ko'ra, 175 kishi jabrlandi.

Shinxua xabar agentligining xabariga ko’ra, Turkiya vaqti bilan soat 21:19 atrofida yuzaga kelgan zilzila yerning 20 km tagida ro’y bergan.

Qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etgan hududda ko’plab bino vayron bo’lgan, ba’zilarida katta talofat yuzaga kelgan.

Shuningdek, bugun 9 avgust kuni erta tongda Shinjon-Uyg'ur muxtor tumanida ham 6.6 bal zilzila kuzatilgan.

Yerning 11 km tagida yuzaga kelgan zilzila Jinghe viloyatida ham sezilgan.

Mutahassislarning ta’kidlashicha, Xitoyda zilzila to’lqinlari mamlakat janubi g’arbidagi Sichuan viloyatidan shimoli g’arbidagi Shinjon-Uyg'ur muxtor tumaniga tomon surilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #zilzila , #Shinjon-Uyg'ur , #Sichuan

Aloqador xabarlar