Shvetsiyada afg’onistonlik migrantlarga nisbatan hujum qilindi

Stokholm xavfsizlik boshqarmasi matbuot kotibi Asa Vellentin ma’lum qilishicha, migrant bolalarning ustiga yonuvchi modda otilgan va 3 ta bola yaralangan.

786450
Shvetsiyada afg’onistonlik migrantlarga nisbatan hujum qilindi

Shvetsiyaning poytaxti Stokholmda migratsiya markazi oldida namoyish o’tkazgan afg’onistonlik migrantlarga nisbatan hujum qilindi.

Stokholm xavfsizlik boshqarmasi matbuot kotibi Asa Vellentin ma’lum qilishicha, migrant bolalarning ustiga yonuvchi modda otilgan va 3 ta bola yaralangan.

Expressen gazetasiga afg’on namoyishchilar nomidan intervyu bergan Ahmad Rahimiyga ko’ra, migratsiya markazi Afg’onistondan kelgan kimsasiz bolalarning murojaatini qabul qilmagani uchun qoralangan.

Namoyishga taxminan 100 kishi ishtirok etdi.

Namoyish paytida taxminan 20-30 atrofida millatchining hujumiga uchraganini ta’kidlagan Rahimiy: “To’satdan bizga tomon bostirib kelgan millatchilar ustimizga tuman bombasini otib qochdilar. Bizlarni haroqat qildilar. Ba’zi do’stlarimiz jarohatlandi”,-dedi.

Voqea ustidan jinoiy ish qo’zg’atildi.

 



Aloqador xabarlar