Putinning Abhaziyaga tashrifi Gruziya va Ukrainani g'azablantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziyadan bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilgan Abhaziyaga tashrif buyurdi.

786521
Putinning Abhaziyaga tashrifi Gruziya va Ukrainani g'azablantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziyadan bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilgan Abhaziyaga tashrif buyurdi.

Putin Abhaziya va Rossiya o’rtasida o’ziga xos yaqinlik mavjudligini ilgari surib, xavfsizlik va turizm kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatini tilga oldi.

U Abhaziyaga harbiy yordam ko’rsatishga tayyor ekanini va bunga kafolat berishini aytdi.

Putinning Abhaziyaga tashrifi AQSh prezidentining o’rinbosari Mike Penjening Gruziyaga tashrifidan bir hafta o’tgach amalga oshirildi.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan Gruziya prezidenti Giorgi Margvelashvili Putinning xalqaro hamjamiyat tomonidan mustaqilligi tan olinmagan Abhaziyaga tashrifini qoraladi.

Poroshenko Margvelashvili bilan bo’lgan muloqotida, Rossiyaning Gruziyaga qarshi hujum qilganiga 9 yil to’lganini eslatib, Gruziya va gruzin xalqini qo’llab quvvatlashini aytdi.

Poroshenko aytganidek, Ukraina Gruziyaning tuproq yaxlitligini abadiy qo’llab quvvatlaydi.

Gruziya prezidenti Giorgi Margvelashvili ham Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga samimiy qo’llab quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Ukrainaning do’stona munosabatini chuqur his qilib turganini aytdi.

Eslatma: Abhaziya va Janubiy Osetiya 2008 yili Gruziyadan bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilgan edi.

Bu jarayonda Gruziya hukumati hududga askar jo’natishiga qaramay, Rossiya hujumga o’tgan va Gruziya qo’shinini hududdan quvib chiqargan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar