Yamandagi jangovar operatsiyada 12 kishi halok bo’ldi

Yamanda o'zaro jang qilayotgan kuchlar oddiy xalqni nazar pisand qilmayotir.

784565
Yamandagi jangovar operatsiyada 12 kishi halok bo’ldi

 

Yamanning Sada viloyatida olib borilgan jangovar operatsiyada 12 kishi halok bo’lgan, 10 kishi yaralangan.

BMTning Yamandagi gumanitar yordam koordinatori Jamie MakGoldrik ushbu harbiy operatsiyani BMT oliy komissariati tekshirayotganligini, Xusiylar yashagan ushbu shaharda oddiy xalqni o'qqa tutishlikdan qattiq xavotirda ekanligi haqida yozma bayonot berdi.

Koordinator MakGoldrikning aytishicha, Yamanda o'zaro jang qilayotgan kuchlar oddiy xalqni nazar pisand qilmayotir.

Buni qattiq tanqid qilgan MakGoldrik mintaqadagi muammolarni bartaraf etish uchun tomonlarni o'zaro muzokaraga chaqirdi.

Xusiy guruhi rahbariyati kecha Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ittifoq kuchlarini oddiy xalqni nishonga olayotganlikda ayblagan edi.

Ittifoq kuchlari esa bu borada hech qanday izoh bildirmadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Yaman , #Xusiy , #Saudiya Arabistoni , #Sada , #operatsiya

Aloqador xabarlar