Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan rasmiy muzokaralarga tayyor...

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va Filippinlarning poytaxti Manilada Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishini aytgan.

784503
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan rasmiy muzokaralarga tayyor...

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan rasmiy muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Yonghap nashrining yozishicha, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va Filippinlarning poytaxti Manilada Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashishini aytgan.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Ri Yong-Ho bilan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kang Kung Va o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuv maroq bilan kutilmoqda.

“Agar uchrasha olsam, Shimoliy Koreyaga provokatsiyalarini to’xtatishini iltimos qilaman va Koreya yarim orolida tinchlik o’rnatish maqsadida muzokara o’tkazish rejamizga ijobiy javob berishiga doir umidvorligimizni yetkazmoqchiman”,-deydi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri.

BMT Xavfsizlik Kengashi ham shanba kuni Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qilishi kutilmoqda.

Shu hafta Filippinlarning poytaxti Manila shahrida o'tkaziladigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining (ASEAN) navbatdagi yig'ilishida AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yig’ilishdagi eng asosiy masala Shimoliy Koreyaning yangi qurollarni sinovdan o'tkazishi bo'ladi.

Ayni paytda, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh vakillari tomonidan yangi BMT sanksiyalarining loyihasi ishlab chiqilgan.

Eslatma: Shimoliy Koreya iyul oyining o'zida ikki marotaba qit’alararo ballistik raketalarini tajribadan o'tkazgan edi.

 



Aloqador xabarlar