Dmitriy Medvedev:"AQSh bilan munosabatlar yaxshilanishiga bo'lgan umidimiz so'ndi"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh sanksiyalar haqidagi yangi qonuni orqali Rossiyaga savdo urushi ochganini ta’kidladi.

782781
Dmitriy Medvedev:"AQSh bilan munosabatlar yaxshilanishiga bo'lgan umidimiz so'ndi"

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh sanksiyalar haqidagi yangi qonuni orqali Rossiyaga savdo urushi ochganini ta’kidladi.

U Rossiya hukumati endi Vashington bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmasligini bildirgan.

“Rossiyaga qaratilgan yangi sanksiyalar qarori AQSh prezidenti tomonidan imzolanishi quyidagicha natijalarni olib keladi. Birinchidan, AQShning yangi hukumati bilan munosabatlar yaxshilanishiga bo'lgan umidlarimiz so'ndi. Ikkinchidan, Rossiyaga to’laqonli savdo urushi e’lon qilindi. Uchinchidan, Tramp ma’muriyati ijro vakolatlarini kongressga topshirgan holda, zaifligini ko’rsatdi. Bu AQShdagi siyosiy kuchlar muvozanatini o’zgartiradi”,-deb yozadi Dmitriy Medvedev feysbukdagi sahifasida.

Uning fikricha, Tramp AQShni boshqarishdagi kurashini qo’ldan boy berdi.

“Tramp yangi sanskiyalardan mamnun emas, lekin imzolashga majbur bo’ldi. Asl maqsad boshqacha. Asl maqsad Trampni lavozimdan chetlashtirishdir. Yangi sanskiyalar buni ko’zlamoqda. Ularga ko’ra, tizimga bo’y sunmagan aktyor yo’q qilinadi”,-deya taxmin yuritadi Medvedev.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ko’ra, Trampning Rossiyaga qaratilgan sanksiyalarni imzolashi tahlikali va uzoqni ko’zlamasdan yuritilgan siyosatdan darak beradi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaning fikricha, AQSh bu sanksiyalar bilan Rossiyaning belini buka olmaydi.

Eslatma: 2 avgust kuni Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar yuzasidan yangi qonunni imzoladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Dmitriy Medvedev , #sanksiya , #Tramp

Aloqador xabarlar