Falastinda 17 yoshdagi 1 nafar Falastinlik  yosh hayotdan ko’z yumdi,24 nafar tan jarohati oldi.

Isroil politsiyachilari, Juma namozidan keyin Al-Aqsa masjidiga borgan yo’llarda  juma namoziga borayotgan jamoatga  hujum qilishi oqibatida 17 yoshdagi 1 nafar Falastinlik  yosh hayotdan ko’z yumdi, bir nafari Turk yurtdoshi 24 nafar  tan jarohati oldi.

775260
Falastinda 17 yoshdagi 1 nafar Falastinlik  yosh hayotdan ko’z yumdi,24 nafar tan jarohati oldi.

Isroil politsiyachilari, Juma namozidan keyin Al-Aqsa masjidiga borgan yo’llarda  juma namoziga borayotgan jamoatga  hujum qilishi oqibatida 17 yoshdagi 1 nafar Falastinlik  yosh hayotdan ko’z yumdi, bir nafari Turk yurtdoshi 24 nafar  tan jarohati oldi.

Politsiya, Falastinliklarga ko’z yashartuvchi bombalar va plastik o’qlar bilan hujum qilishi natijasida   to’qnashuv  ko’chalarga ham yoyildi.

Falastinlik 39 nafar faol, uzilgan ko’z yashartuvchi gazdan zarar ko’rib xavfli lahzalar o’tkazdi.

Mintaqada dud va tez yordam ovozlari yuksaldi. Quddus sharif osmonida vertolyotlar to’xtovsiz uchmoqda: ko’chalar urush maydoniga aylandi.

 Isroil xavfsizlik kuchlari tez- tez   olib borgan  tekshiruv nuqtalarida, g’arbiy sohildan Quddus sharifga  borayotgan  Musulmonlari tashigan avtobuslarni to’xtatmoqda.

Falastin davlat rahbari Abbas, taranglik sababi bilan; Xitoyga uyushtiradigan safarini bekor qildi. Abbas, xalqaro jamiyatni vaziyatga reaksiya ko’rsatishga chaqirdi. Markazi Qatarning poytaxti Dohada bo’lgan Millatlar ora Musulmon olimlar birligi barcha musulmonlarga chaqiriq berib,“ g’azab kunida Musulmonlarni birdamlikka chaqirdi.

Xalqaro media tashkilotlari yangiliklarni yaqindan kuzatib bormoqda.

Ko’plab o’lkada va Turkiyaning 81 viloyatida, o’n minglab inson  Isroilga qarshi  Falastinliklarga va Al-Aqsa masjidiga qarata cheklovlarga qarshi norozilik ko’rsatdi.

Isroil, Politsiyasi, 14- iyul kuni ertalab, Masjidi Al-Aqsada qurolli hujum uyushtirganini  iddao etgan 3 nafar Falastinlikni o’ldirgan, voqeada yaralangan 2 nafar Isroil politsiyasi esa shifoxonada vafot etganini  ma’lum qilgan edi.

Bergan bayonotda, Al-Aqsa masjidining eshiklar berkitilgan va Quddus mintaqa politsiya mudirligi Al-Aqsada namoz o’qishiga ruxsat bermaymiz deb  ma’lum qilgan edi.

Keyinchalik  Al-Aqsaning kirishiga joylashtirilgan metall izlash sensordan o’tishni  Falastinliklar rad etmoqda.

Isroil hukumati, barcha xalqaro ogohlantiruvlarga qaramasdan metall izlash sensorlarni bartaraf etish uchun qadam tashlamasa va qurshovga yakun yasash qaror oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Al- Aqsa , #Falastinlik , #Halok , #Yaralandi

Aloqador xabarlar