Putin bilan Trump Gamburgada bir emas, ikki marotaba uchrashgan emush

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Germaniyaning Gamburg shahrida 7-8-iyul kunlari bo’lib o’tgan G-20 sammitida bir emas, ikki marotaba uchrashganligi ma’lum bo’ldi.

773475

Bu haqida Amerika ommaviy axborot vositalariga ma’lumot bergan lekin ismi-sharifining yashirin qolishini talab qilgan Oq uy rasmiy vakilining qayd etishicha ikkinchi uchrashuv norasmiy vaziyatda o’tgan.

Oq uy rasmiy vakiliga ko’ra ushbu uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etgan rasmiy uchrashuvdan keyin, G-20 sammitida ishtirok etgan davlat rahbarlari hurmatiga berilgan ziyofat paytida amalga oshgan.

Ikkinchi uchrashuvning qancha davom etganligi va mazmuni haqida ma’lumot bermagan rasmiy vakil yuqorida bergan ma’lumotlari orqali, “Trump bilan Putin Germaniyada bir emas, ikki marotaba uchrashuv o’tkazdi” degan iddiolarni tasdiqlagan bo’ldi.

Mazkur norasmiy uchrashuvga jamoatchilik e’tiborini eng avvalo “Eurasia Group” nomidagi siyosiy tahlil firmasi raisi mashhur amerikalik siyosatshunos Ian Bremmer qaratgan edi.

Ian Bremmerga ko’ra ziyofat chog’ida qariyb bir soat davom etgan uchrashuvda Trump bilan Putindan tashqari faqatgina Putinning tarjimoni ishtirok etgan.  

Bremmer AQSh tomoni tarjimonining ishtirok etmaganligini tanqid qilib, bu vaziyatning xavfsizlik jihattidan notog’ri ekanligini himoya qilgan edi.  

Aloqador xabarlar