Kamchatkada kuchli yer silkinishi kuzatildi

AQSh Geologiya xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha xodisa Kamchatka yarimoroli qirg’oqlarida, Bering dengiz suvlarida yuz bergan.

772702
Kamchatkada kuchli yer silkinishi kuzatildi

Rossiyaning shimoli-sharqidagi Kamchatka yarimoroli qirg’oqlarida, Rixter shkalasi bo'yicha 7.8 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

AQSh Geologiya xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha xodisa Kamchatka yarimoroli qirg’oqlarida, Bering dengiz suvlarida yuz bergan.

Ma’lumotda yer silkinishining epitsentri Alyaska janubida, Yaqin orollar guruhining g’arbida joylashgani qayd etildi.

Yer silkinishi 200 kilometrlik masofada sezilar ekan ortidan biri 5.2 magnitudali bo’lish bilan birga takroriy seysmik silkinishlar ham kuzatilgan.

AQShdan ham sezilgan yer silkinishi haqida ma’lumot bergan AQSh Geologiya xizmati  epitsentridan 300 kilometr boylab qirg’oqlarda xalqni, “tsunami xavfi” borligi haqida ogohlantirdi. Markaz ma’lumotida AQShning Kaliforniya, Oregon, Vashington yoki Alyaska qirg’oqlarida bunday xavfning yo’qligini ham qo’shimchalandi.

Aytib o’tish joizki bugun Peru qirg’oqlarida ham 6.4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko’ra ushbu yer silkinishi dengizning 44 kilometr terangligida qayd etilgan.

Peru Fuqarolik mudofaa agentligi hali hanuz vayronagarchiliklar va halok bo'lganlar haqida ma`lumot bergani yo’q.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Kamchatka , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar