Iroq shimolidagi Zap tumanida havo hujumi uyushtirildi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Shimoliy Iroqdagi Zap tumanida havo hujumi uyushtirildi.

771836
Iroq shimolidagi Zap tumanida havo hujumi uyushtirildi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Shimoliy Iroqdagi Zap tumanida havo hujumi uyushtirildi.

Uyushtirilgan hujum oqibatida Turkiyaning Hakkari viloyatining Chukurja tumani bilan Iroqning shimolidagi Zap tumanidagi chegara liniyasidagi politsiya uchastkasi bilan harbiy bazalarga qarshi hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan terroristlarga oid ikkita pulemyot mavzeyi bilan bitta g’or yo’q qilindi.  

Turk Qurolli kuchlari tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra kecha oqshom soatlarida yani 2017-yilning 16-iyuli kuni kechki payt Iroqning Zap tumanida, chegara liniyasidagi politsiya uchastkasi bilan harbiy bazaga qarshi hujum qilish niyatida tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan terroristlarning borligi o’rganilgan.

Ortidan Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli urush uchoqlari tomonidan nomi yuqorida tilga olingan mintaqada hujum uyushtirilgan va oqibatida terroristlarga oid ikkita pulemyot mavzeyi bilan bitta g’or shuningdek, 3 terrorist yo’q qilingan.

 



Aloqador xabarlar