Eron va Xitoy Basra ko’rfazida harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

Eron va Xitoy dengiz kuchlarining mushtarak harbiy mashg’ulotiga 700ga yaqin harbiy xodim ishtirok etmoqda.

754971
Eron va Xitoy Basra ko’rfazida harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

 

Eron va Xitoy Basra ko’rfazida harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda.

Bu haqda Eronning rasmiy xabar agentligi IRNA ma’lum qiladi.

Xabarga ko’ra, Eron va Xitoy dengiz kuchlarining mushtarak harbiy mashg’uloti bugun tongda boshlandi.

Mashg’ulotda payshanba kuni Eronning Bender Abbas portiga yetib kelgan Xitoy dengiz kuchlariga oid 2 ta harbiy kema, dushman kema va qirg’in samolyotlariga qarshi himoya qilish kuchiga ega bo’lgan kruvazor jangovar kema va vertolyot kemasi, Eron dengiz kuchlariga oid jangovar kemalar, vertolyotlar va 700ga yaqin harbiy xodim ishtirok etmoqda.

Xitoy dengiz floti harbiy mashg’ulotdan keyin Ummonning poytaxti Maskatga tomon yo’lga chiqadi.

 



Aloqador xabarlar