Kolumbiyaning poytaxti Bogotadagi “Andino” savdo markazida portlash...

Bogota meri Enrike Penyalosa portlashni bir terrorchilik harakati deb baholamoqda.

754823
Kolumbiyaning poytaxti Bogotadagi “Andino” savdo markazida portlash...

Kecha oqshom Kolumbiyaning poytaxti Bogotadagi “Andino” savdo markazida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Portlash oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, kamida 3 kishi halok bo'ldi, 11 kishi yaralandi.

Qurbonlardan birining Fransiya fuqarosi ekani aytilmoqda.

Portlovchi qurilma 2-qavatdagi ayollar hojatxonasida portlagan.

Portlashdan keyin markazdan odamlar evakuatsiya qilingan.

Voqea joyiga yetib kelgan Bogota meri Enrike Penyalosa portlashni bir terrorchilik harakati deb baholamoqda.

Qattiq xavfsizlik choralari olingan hududda tekshiruv ketmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, savdo markazida mutahassis xodimlar o’rgatilgan itlar yordamida tekshiruv olib bormoqda.

Portlashdan so’ng mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, bu portlashni Milliy ozodlik tashkiloti sodir qilgan bo’lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Milliy ozodlik tashkilotining tinchlik muzokaralaridagi hay’ati portlashni qoralaganini va tashkilotning bu voqea bilan hech qanday aloqasi yo’qligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar