Ingliz asilli Musulmon ayol Pokistonda 500 yetim bolaga qaraydi

Ingliz Gufran Kuryeshi, Pokistıonda o'zi xizmatga ochgan 3  mehribonlik uyida bolalarga qaraydi.

752678
Ingliz asilli Musulmon ayol Pokistonda 500 yetim bolaga qaraydi
musluman, ingiliz, pakistan.jpg

Ingliz asilli Musulmon ayol Pokistonda 500 yetim bolaga qaraydi.

Ingliz Gufran Kuryeshi, 20 yil burun Musulmon bo'lganidan keyin Pokistonda o'zi xizmatga ochgan 3 mehribonlik uyida bolalarga qaraydi.

Kuryeshining hikoyasi, 1976 yili Angiyada Pokistonli musulmon Ahmed Kuryeshi bilan turmush qurgandan keyin boshladi.

Londonda muhofazakor katolik bir oilaning qizi bo'lgan Kuryeshining musulmon biriga turmushga chiqishi, islom bilan aloqali tushunchalari tufayli oilasiga yoqmadi. Kuryeshi esa oila qurgandan keyin boshqa dinlarni o'rganib Kalima-i shahodatni ayrib Musulmon bo'lgan.

Angliyada, bir yetimxonada ishlagan Kuryeshi bu yerda bolalar halol oziqlantirilmagani uchun qarshilik ko'rsatib ishdan bo'shaldi.

1992 yil rafiqi bilan birga Pokistonga borib joylashgan Kuryeshi, yetim bolalar loyihasini hayotga tatbiq etib kimsasiz bolalarga pok islomiy va zamonaviy bilimlarni o'rgatish maqsadida sevgi uyi ochgan.

Ilk yetimxonani Ravaldini shahrida ochgan Kuryeshi, keyinchalik Karachi va Hanival shaharlarida ham ochgan yetimxonalarda har yoshga mansub 500 nafar qiz va o'g'il bolaga mehribomlik ko'rsatmoqda.

Kuryeshi, Anadoli Xabar Agentligiga berga bayonotida, "Erim bilan yuritgan faoliyatlarimning asosiy maqsadi, bu bolalarga yaxshi ta'lim va Islomiy tarbiyadir. Shunday qilb yetimxonamizdagi bolalar, voyaga yetganda o'z oyoqlari ustida tura oladi" deb ifoda etdi.

"Bolalarga faqat ta'lim berish bilan qolmaymiz. Ayni paytda qobiliyatini rivojlanish uchun dastaklaymiz" degan Kuryeshi, "Ayrim qizlarimiz, daslab bir tikuvchi misoli ko'ylak tikadilar. Qolaversa kompyuter ishlatishni ham o'rgatayapmiz" dedi.

Yetimlarga mehribonlik qilishdan xursan bo'lganini ifoda etgan Kuryeshi, "Men 'siz bersangiz Alloh sizga yana ham ko'p beradi' deganiga ishonaman. Niyatimiz xolis va to'g'ri yo'lda bo'lsangiz, Alloh sizga har doim yordam beradi" deb so'zladi.

Kuryeshi, yetimxonadagi o'nlab qiz juvonni uylantirganliklarini, ayrimlarining hozirgi kunda universitetda o'qiganini takidlab, "G'ayratlarimzning samarasini ko'rish menim quvonch manbaim" dedi.



Aloqador xabarlar