Guterres, Markaziy Osiyoga bo’lgan tashrifi doirasida bugun Turkmanistonda edi

Antonio Guterres, Markaziy Osiyoga bo’lgan tashrifining Turkmanistondagi bekatida, “Terrorizmga qarshi global kurash” deb nomlangan “Birlashgan Millatlar-Markaziy Osiyo muloqati Oliy darajali yig’ilish”da raislik qildi.

752806
Guterres, Markaziy Osiyoga bo’lgan tashrifi doirasida bugun Turkmanistonda edi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, Markaziy Osiyoga bo’lgan tashrifining oxirgi bekati Ashxoboddagi rasmiy uchrashuvlari ortidan “Terrorizmga qarshi global kurash” deb nomlangan “Birlashgan Millatlar-Markaziy Osiyo muloqati Oliy darajali yig’ilish”da raislik qildi.

Turkmaniston va O’zbekiston Tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yig’ilishda, Tojikiston nomidan mamlakatning Tashqi ishlar vaziri, Qozog’iston bilan Qirg’iziston nomidan Tashqi ishlar vaziri o’rinbosarlari qatnashdi.   

Markaziy Osiyo mamlakatlarining Turkmanistondagi elchilari bilan Afg’oniston elchisining ham ishtirokidagi yig’ilishda, Birlashgan Millatlar Terrorizmga qarshi global kurash strategiyasi doirasida “Markaziy Osiyo mintaqasi qo’shma tadbirlar rejasi” va ularning yo’lga qoyilganligini ko’rib chiqilganligi ma’lum qilindi.

Mintaqa mamlakatlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatgan turli terror tahditlari va uning ta’sirlari muhokama qilingan “Birlashgan Millatlar-Markaziy Osiyo muloqati Oliy darajali yig’ilish” yakunida Markaziy Osiyoda, terrorga qarshi kurash masalasida hamkorlik qilishni davom ettirish to’g’risida qo’shma bayonot qabul qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Markaziy Osiyo Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi va boshqa BM tashkilotlarining mintaqa davlatlari uchun ta’minlagan yordamga e’tibor qaratilgan bayonotda,

“Dunyoning hech qaysi davlati terrorizmni yolg’iz boshiga yengolmaydi” deyildi va mintaqa davlatlari o’rtasida terrorga qarshi kurash masalasida hamkorlikning davom etishi ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar