Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 23-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Xitoyning “Zamonaviy Ipak yo’li” loyihasi haqida so’z qilamiz.

747908
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 23-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,        

Bundan roppa-rosa 4 yil muqaddam yani 2013-yili XXR Prezidenti Si Szinpin tomonidan taqdim etilgan “Bir kamar, bir yo’l: Zamonaviy Ipak yo’li” loyihasi uchun dunyoning 29 davlat va hukumat rahbari joriy yilning may oyida poytaxt Pekinda uchrashdi. Xitoy loyiha uchun 2014-yili “Ipak yo’li iqtisodiy kamari” fondini tashkil etdi. Ushbu fondga 40 milliard dollarlik manbaa ajratdi. Loyihani qo’llab-quvvatlashi uchun ham 2014-yili 100 milliard dollarlik investitisya bilan “Osiyo infratuzilma investitsiya banki”ni tashkil etdi. Turkiya Respublikasi huddi mana shu bankning asoschilaridan biri hisoblanadi. Tahminlarga ko’ra loyiha dunyoning 65 davlatida, 4.4 milliard kishi va 20 trillion dollarlik qiymatga erishadi.  

Loyihaning eng asosiy maqsadlaridan biri Osiyo va Yevropa o’rtasida transport infratuzilmasi, savdo va investitsiya dasturida aloqa qurishdir. Loyiha faqatgina bitta yo’ldan iborat emasdir. U ko’p qirrali va turli imkonlarni o’z ichiga qamrab olgan. Uning quriqlik va dengiz orqali, ikki tomonli muhim xalqaro savdo yo’lagi mavjud. Ulardan biri “Ipak yo’li iqtisodiy kamari”, ikkinchisi esa “Dengiz Ipak yo’li”dir. Turkiya “O’rta koridor” deb nomlangan Xitoy-Markaz va G’arb Osiyo koridori ustida o’rin olmoqda. Yo’l tushunchasi bilan dengiz yo’liga e’tibor qaratilmoqda. Bu doirada janub va janubiy-sharqiy Osiyodan Sharqiy Afrika va O’rta yer dengizining shimoligacha bo’lgan dengiz zonasida rejalashtirilgan port va qirg’oq qurilishlari tarmog’i nazarda tutilmoqda. Yangi Ipak yo’li tashabbusi Xitoyning Marshall rejasi olaroq ham ifoda etilmoqda. Xitoy yetakchiligida rivojlangan ushbu loyiha Ikkinchi Jahon urushi ortidan Amerika Qo’shma Shtatlarining Marshall yordamlariga o’xshatilsa ham aslida, iqtisodiyotchilarning hisobiga ko’ra undan 12 barobarga katta va yirik loyihadir.

Turkiya Xitoyning ushbu shaxdam qadamlarini bugungi kunda xalqqa faol ravishda xizmat qilayotgan Istanbuldagi “Marmaray” va “Yavuz Sultan Selim” ko’prigi loyihalari bilan qo’llab-quvvatladi. Shuningdek Istanbuldagi uchinchi aeroport, “Boku-Tbilisi-Kars” va “Edirne-Kars temir yo’li” loyihalari orqali qo’llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Turkiya huddi mana shu konkret qadamlar orqali eng avvalo loyihaning quriqlik tarmog’ida ishtirok etdi. Koridor ishga tushganida Xitoy bilan Turkiya o’rtasidagi mollarni yetkazib berish vaqti 30 kundan 10 kunga tushadi. Pekindan dengiz yo’li orqali ikki oyda topshirilgan mollar, ikki haftadan qisqa vaqt ichida Istanbulda bo’ladi. Avtomobil yo'li masofasi ham 3 000 kilometrga qisqaradi. Xitoyning COSCO kompaniyasi Turkiyaning eng yirik portlaridan biri Kumportni xarid qilib oldi. Bu orqali Turkiya, loyihaning dengiz tarmog’iga ham qo’shildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bunga qo’shimcha sifatida sayyohlik, ilm-fan, texnologiya va ommaviy axborot vositalari sohasida keng ko’lamli madaniy hamkorlik yuritilishini, talaba va davlat xodimlari almashuvi loyihalarining keng tarqalishini taklif qilmoqda. Prezident Erdog’anning fikricha ushbu loyiha ham mintaqada, ham butun dunyoda terrorni yer bilan yakson qiladi. Erdog’an, Turkiya sifatida ushbu loyihani qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini har doim ta’kidlab kelmoqda.   

Osiyo, Afrika va Yevropadagi yirik infratuzilma investitsiya loyihalarini nazarda tutuvchi loyiha ayni vaqtda diniy markazlarining, madaniyatlarning shuningdek ijtimoiy iqtisodiy va madaniyatlararo ta’sirlarning paydo bo’lishiga imkon beradi. Loyiha Xitoy bosh bo’lish bilan birga Markaziy Osiyodagi Turk Respublikalari bilan Turkiya, Eron va Rossiya kabi dunyoning muhim davlatlarini o’z ichiga olmoqda. Tarixda Ipak yo’lining eng muhim o'tish yo'llaridan biri hisoblangan Anado’liga mezbonlik qilgan Turkiya, Xitoydan boshlab Yevropaning ichigacha davom etadigan bu loyihaning muhim mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq qit’asini birlashtiruvchi bir nuqtada o’rin olgan Turkiya, loyihaning avto va temir yo’llarini o’z ichiga olgan “Ipak yo’li iqtisodiy kamari” liniyasining Yevropaga bog’lanish nuqtasini tashkil etmoqda. Xitoy, Ipak yo’li loyihasining markazida joylashgan Turkiya bilan o’z munosabatini mustahkamlar ekan ayni vaqtda Ipak yo’lini ham faollashtirshga harakat qilmoqda. 

Turkiya kuchli port infratuzilmasi bilan dengiz yo’li jihatidan muhim imtiyozlarga ega. Lekin temir yo’li va logistika tarmog'ining kuchiga-kuch qo’shadigan loyihalarini tezlik bilan tamomlashi darkor. Turkiya mana shu loyiha bilan birga “Ipak yo’li iqtisodiy kamari” liniyasida o’rin olgan Xitoy, Eron, Rossiya kabi davlatlar bilan bo’lgan rivojlangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Eng muhimi esa Ozarbayjon, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston kabi Turk Respublikalari bilan bo’lgan munosabatlarini ham faollashtiradi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar