AQSh PYD tashkilotiga harbiy yordam ko’rsatib kelmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari DEASH terror tashkilotiga qarshi kurash jarayoni doirasida PYD tashkilotiga harbiy yordam ko’rsatib kelmoqda.

744884
AQSh PYD tashkilotiga harbiy yordam ko’rsatib kelmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari DEASH terror tashkilotiga qarshi kurash jarayoni doirasida PYD tashkilotiga harbiy yordam ko’rsatib kelmoqda.

Harbiy texnika, vositalar, hamda o’q dori yuklangan 70 ta yuk tashish mashinasi kuni kecha Hasekadagi Rumeylan havo bazasidan yo’lga chiqdi.

Rakkaning shimoliga yo’l olgan yuk mashinalarida yonilg’i baklari, to’rt g’ildirakli vosita hamda karvonlar ham tashilmoqda.

Buning bilan birga Rakkaning shimolidagi terror guruhlariga AQSh tomonidan yuborilgan yuk hajmi 3 haftada 218 yuk tashish mashinasini tashkil etdi.

Eslatib o’tamiz, Amerika Mudofaa Vazirligi (Pentagon) joriy hafta boshida birinchi bor PYD/PKKga qurol va harbiy vosita yuborilganligini e’lon qilgan va ushbu terror guruhlarini qo’llab quvvatlashda davom etishlarini bildirgan edi.

Huddi shu kuni Turkiya Prezidenti boshchiligida Milliy Xavfsizlik kengashi yig’ilishi o’tqazilgan yıg’ilishdan keyin e’lon qilingan bayonotda Amerikaning ushbu yordami hamkorlik bitimiga zid ekanligi ifoda etilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #amerika , #pydga yordam berganini , #tan oldi

Aloqador xabarlar