Suriya mavzuli 6. davr yig'ilishlar Jenevada boshlanadi...

Suriya mavzuli 6. davr yig'ilishlar BMT boshchiligida bugun Jenevada boshlanadi.

732669
Suriya mavzuli 6. davr yig'ilishlar Jenevada boshlanadi...

Birlashgan Millatlar(BMT) maxsus vakili Staffan de Mistura, Shvesariyaning Jeneva shahrida bugun boshlanadigan 6. davr Suriya uchrashuvlarida, vaqtincha boshqaruv, konstitutsiya, saylovlar va terrorga qarshi kurash mavzularining tafsulotli ko'zdan kechirilishini bildirdi.

BMTning Jeneva ofisidan berilgan bayonotida Mistura, uchrashuvlarning qanday davom etganiga bog'li 19-20 May kunlari yakunlanishini izohladi.

Mistura, Turkiya, Rossiya va Eronning Ostonada Suriyada "Xavfsiz hudud" vujudga keltirish uchun tuzgan kelishuvidan keyin 6. davr uchrashuvlarning yana ham ahamiyat qozonganiga diqqat qaratdi.

Yig'ilishning Ramazon oyi yaqlashgani uchun qisqa bo'lganini ifoda etgan Mistura, buning davomi sifatidagi  uchrashuvlarning esa Ramazon oyi davom etishini bildirdi.

Uchrashuvlarda BMT sifatida matbuot anjumai uyushtirmasliklarini ifoda etgan Mistura, muxolifat va rejim hayatidan ham ayni harakatni kutganliklarini, lekin bu qarorning o'zlari berganliklarini izohladi.

Suriya mavzuli 5. davr Jeneva uchrashuvlari 22 Mart kuni boshlagan, 31 Mart kuni yakunlagan edi.



Aloqador xabarlar