Donald Tramp bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qiladi

Oq uyda bo'lib o'tadigan uchrashuvda Amerika va Rossiya munosabatlari, Suriyadagi o’zgarishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

729353
Donald Tramp bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Oq uyda qabul qiladi.

Tramp va Lavrov o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvda, Amerika va Rossiya munosabatlari bilan bir qatorda, Suriyadagi o’zgarishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, Sergey Lavrov AQSh kotibi Rex Tillerson bilan ham uchrashadi.

Bu haqda AQSh kotibligi ma’lum qilgan.

AQSh kotibi Rex Tillerson bilan Sergey Lavrov Ukraina va Suriya masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Suriya xalqiga gumanitar yordam yetkazish va ichki urushni siyosiy yo’llar bilan to’xtatish hamda Ukrainadagi xunrezliklarni bartaraf etish masalasi muhokama qilinadi.

 

 



Aloqador xabarlar