Liviyadan yo'lga chiqqan ikkita qayiq O’rta yer dengizida cho’kib ketgan

Fojiadan so’ng, 11 kishining jasadi dengiz qirg’og’iga chiqib qolgan.

728531
Liviyadan yo'lga chiqqan ikkita qayiq O’rta yer dengizida cho’kib ketgan

Liviyadan dengiz orqali o’zga yurtlarga otlangan ikkita balon qayiq O’rta yer dengizida cho’kib ketgan.

Fojiadan so’ng, 11 kishining jasadi dengiz qirg’og’iga chiqib qolgan.

Bu fojianing erta tongda ro’y bergani taxmin qilinmoqda.

Liviyadan 132 muhojir bilan yo’lga chiqqan qayiq Italiya sohiliga yetib bormasdanoq dengizda g’arq bo’lgan.

50 kishi qutqarilib, Pozzallo sohiliga olib chiqilgan.

82 kishi bedarak yo’qolgan, bular orasida yosh bolalarning ham borligi aytilmoqda.

Yana bir fojia esa, Liviyaning Zaviya sohilida ro’y bergan.

Fojiadan so’ng, 11 kishining jasadi qirg’oqqa chiqib qolgan, bulardan 10 tasi ayol jasadi ekani aytilmoqda.

Taxminan 100 kishi bedarak yo’qolgan.

Muhojirlarning bu mashaqqatli safari ba’zan ilma-teshik qayiqlarda, ba’zan esa balon qayiqlarda amalga oshiriladi.

Ular yaxshi yashash umidida boshqa yurtlarga borib mehnat qilish, tirikchilik qilish umidida yo’lga otlanadilar.

Oxirgi 3 kun ichida mintaqada 6 mingdan ziyod muhojir qutqarilib, Italiyaga olib ketildi.

O’rta Yer dengizida 5 oy ichida jami 1150dan ziyod inson halok bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar