Ostona yig'ilishida Suriya mavzusida kelishuv tuzildi...

Ostonada uyushtirilgan Suriya tinchlik uchrashuvlari natijasida xafsiz hududlar vujudga keltirish kelishuviga qo'l qo'yildi.

726004
Ostona yig'ilishida Suriya mavzusida kelishuv tuzildi...

Qozog'istonning poytaxti Ostonada uyushtirilgan Suriya tinchlik uchrashuvlarining 4. davrida, Suriyada xafsiz hududlar vujudga keltirish kelishuviga qo'l qo'yildi.

Kelishuvni, kafolatchi davlatlar, Turkiya, Rossiya va Eron imzoladi.

Bunga ko'ra, Idlib, Humusning Shimoli, Sharqiy Guta va Suriyaning Janubida 4 ta xavfsiz hudud tashkil etiladi.

Qozog'iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdrahmanov, "Kafolatchi davlatlar, Suriyada xavfsiz hudud tashkil etish uchun bildiruv chop etish mavzusida kelishdiler" dedi.

Abdurahmanov, jarayon bilan aloqali, keyingi yig'ilishning Iyul oyi bo'lishini ham ma'lum qildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Rossiya ziyorati bilan aloqali bergan baynotida, Moskva boshqaruvi bilan "Suriyada xavfsiz hudud" mavzusida kelishganliklari bildirgan bayonotida, buni ta'minlash masalaning 50 % hal etishiga diqqat qaratgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham, Suriyaning Idlib shahrida xavfsiz hudud vujudga keltirmasa to'qnashuvlarning davom etishini izohladi.

Lavrov, Finlandiyada, kaspdoshi Timo Soini bilan ko'rishgandan keyin uyushtirgan matbuot anjumanida, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kecha bo'lib o'tgan uıchashuvida kun tartibiga kelgan Idlibda "Xavfsiz hudud" tashkil etish mavzusida baynot bergan edi.

Lavrov, "Xavfsiz hudud vujudga keltirish Suriyadagi to'qnashuvlarni bartaraf qilish mavzusida muhim bir qadam bo'ladi" dedi.

Suriya rejimining Idlibda xavfsiz hudud vujudga keltirishni qaul qilganini ifoda etgan Lavrov, tomonlarning mavzuga doir Ostonada uchrashganini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar