Xitoy hukumati Sinjan avtonom mintaqasida musulmonlarga xos ismlarni ta’qiqladi

Sinjan uyg’ur avtonom mintaqasiga tegishli bo’lgan ushbu qarorga binoan, bolalarga “Muhammad” kabi ismlarning qo’yilishini oldini olish nazarda tutilmoqda.

720943
Xitoy hukumati Sinjan avtonom mintaqasida musulmonlarga xos ismlarni ta’qiqladi

Xitoy hukumati Sinjan avtonom mintaqasida musulmonlarga xos ismlarni ta’qiqladi.

Sinjan uyg’ur avtonom mintaqasiga tegishli bo’lgan ushbu qarorga binoan, bolalarga “Muhammad” kabi ismlarning qo’yilishini oldini olish nazarda tutilmoqda.

Go’yo ekstremizmni oldini olish maqsadida olingan qarorga binoan, bundan buyon diniy ism qo’yilgan musulmon bolalar aholi ro’yxatiga olinmaydi.

Bunday ismlarga ega bo’lgan bolalarning ismi o’zgartirilmagan taqdirda, ular davlat maktablarida o’qiy olmaydilar va ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmaydilar.

Qarorga muvofiq, Muhammad, Oysha, Fotima, Hatija, Mujohid, Jihod, Tolib, Imom, Muslima, Sumeyya, Nasrulloh, Turkzot, Xoji, Arofat, Madina, Shemsiddin, Sayfulloh, Abdulaziz, Saddam, Bin Laden, Asadulloh, Muxlisa kabi musulmoncha ismlarning qo’yilishi man qilinadi.

Mamlakatda uyg’urlar yashaydigan mintaqada ta’qiqlar bu bilan cheklanib qolmaydi.

Jumladan, Sinjan uyg’ur avtonom mintaqasida erkaklarning uzun soqol qo’yib yurishi ham man qilinadi.

Darvoqe, Amerika uyg’urlari jamiyati rahbar o’rinbosari Ilsat Hasanning fikricha, bu qaror juda axmoqona bo’lib hisoblanadi.

Uning aytishicha, bunday qarorning olinishidan maqsad musulmon uyg’urlarni assimilyatsiya qilishdir.

“Bolalarga diniy va etnik ismlarni qo’yish insonning oddiy haqqidir”,-deya ta’kidlagan Ilsat Hasan Xitoy konstitutsiyasida ham bunday ta’qiqqa hech qanday asos yo’qligini aytdi.

Inson huquqlari kuzatish tashkiloti musulmonlarga qaratilgan bunday ta’qiqlar bexuda cheklov ekanini ta’kidlab, qattiq qoraladi.

Tashkilotning fikricha, bunday ismlarni qo’yish ota-onalarning shaxsiy ishi, bunga davlat aralasha olmaydi.

Dunyodagi barcha inson huquqlari tashkilotlari Xitoyni Sinjan Uyg’ur avtonom mintaqasida yashagan musulmonlarga nisbatan qattiq siyosat olib borganlikda ayblab keladi.

Shuningdek, zolimlik, zo’ravonlik, uylarga bosqin uyushtirish, diniy amallarini man qilish, boshqa madaniyatga xos insonlarni assimilyatsiya qilish siyosatini yuritgan Xitoy butun dunyoda qoralanmoqda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar