Amerikada 17 yil oradan so’ng, 2 mahbusning o’lim jazosi ijro etildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Arkanzas shtatida 3 soat oraliq bilan 2 mahbus zaharli inʼeksiya orqali qatl etildi.

720181
Amerikada 17 yil oradan so’ng, 2 mahbusning o’lim jazosi ijro etildi

Amerika Qo’shma Shtatlarida 17 yil oradan so’ng, ilk marta bir kechada 2 mahbusning o’lim jazosi ijro etildi.

Arkanzas shtatida 3 soat oraliq bilan 2 mahbus zaharli inʼeksiya orqali qatl etildi.

Amerikada oxirgi bor 2000 yilda mahbuslarga o’lim jazosining ijro etilish holati Texasda ro'y bergan edi.

Dushanba kuni birinchi bo'lib, 52 yoshdagi mahbus Jyek Jons qatl etildi.

U 1996 yilda bir ayolni zo'rlagani va o'ldirgani hamda uning 11 yoshli qizini o'ldirishga tashabbusda ayblanib, oliy jazoga mahkum etilgandi.

Jons shuningdek, Florida shtatida ham xuddi shunday jinoyatda ayblangan.

Unga berilgan o’lim jazosi zaharli inʼeksiya orqali ijro etildi.

Jyek Jons so’ngi istagi sifatida “O’zim o’ldirgan kishining qizidan uzr so’ramoqchiman”,-der ekan: “Umid qilamanki, bir kun kelib, aslida unchalik yomon inson emasligimni tushunib yetasizlar”,-dedi.

Oradan 3 soat o’tgach, o’lim jazosi ijro etiladigan xonaga 45 yoshli Marsel Uilyams olib ketilgan.

Uning advokatlari o’lim jazosi ijrosini to’xtatishga harakat qildi.

Advokatlar 1997 yilda ayolni o'ldirganlikda va yana ikki qurbonni olib qochganlikda ayblangan Marsel Uilyamsning qamoqxonada ortiqcha vaznga ega bo'lgani va qator kasalliklarga chalinganini iddao qilishdi.

Lekin, mahalliy sudyalarning o’lim jazosi ijrosini to’xtatish qarori federal sudya tomonidan qabul qilinmadi.

Arkanzas shtatida ushbu oyda yana 8 ta mahbusga berilgan o’lim jazosi ijro etilishi rejalashtirilgan.

O’lim jazosiga mahkum qilingan mahbuslardan 4 nafarining advokatlari sa’y-harakati bilan jazoning ijrosi to’xtatildi.

Arkanzas shtatida kelgusi oydan e’tiboran o’lim jazolarining ijro shakli o’zgaradi.

O’ldiruvchi zaharli moddaning inʼeksiyasi mahbuslar tinchlantirilgach joriy etiladi.

AQShda o’lim jazolarining ijro etilishi sobiq prezident Barack Obama davrida oxirgi 25 yilning eng quyi ko’rsatkichiga pasaygan edi.

 

 



Aloqador xabarlar