Suriyada bir kasalxonaga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyada muxolifat guruhning nazorati ostidagi Idlib shahrining janubiy qismida o’rin olgan Abidin qishlog’idagi bir kasalxonaga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 4 nafar tinch aholi jon berdi.

718599
Suriyada bir kasalxonaga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyada muxolifat guruhning nazorati ostidagi Idlib shahrining janubiy qismida o’rin olgan Abidin qishlog’idagi bir kasalxonaga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 4 nafar tinch aholi jon berdi, kasalxonada esa faoliyat to’xtab qoldi.

Suriyaning vaqtinchalik hukumati Sog’likni saqlash vaziri Ferras Jundiy, kasalxonadagi ko’plab bemor va shifokorning tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Tan jarohati olganlarning atrof muhitdagi kasalxonalarga yotkizilganligini eslatgan Jundiy, kasalxonaga katta ziyon yetkazilganligini ham qayd etdi.

Voqea o’rniga yetib borgan guruh faoliyatlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #kasalxona

Aloqador xabarlar