O’rta yer dengizida qochoqlar fojiasi davom etmoqda

Liviyada oddiygina bir baliqchi, Sabratha sohillariga yaqin bir nuqtada roppa-rosa 28 nafar qochoqning murdasini topdi.

716160
O’rta yer dengizida qochoqlar fojiasi davom etmoqda

O’rta yer dengizida qochoqlar fojiasi davom etmoqda

Liviyada oddiygina bir baliqchi, Sabratha sohillariga yaqin bir nuqtada roppa-rosa 28 nafar qochoqning murdasini topdi. Ulardan 4 nafarining ayol kishi ekanligi aniqlandi.

Yevropaga yetib borishga harakat qilgan qochoqlarning, puflangan qayiqlari ag’darilib ketganidan keyin uzoq vaqtgacha suv ustida yordam kutganliklari ma’lum bo’ldi.

Bu jarayonda qochoqlarning ochlik va chanqoqlik yuzasidan jon berganligi aytilmoqda.   

Siyosiy muammolar avj olgan Liviyada oxirgi 3 yil ichida 150 mingdan ortiq qochoq Italiyaga o’tdi.

Faqatgina shu yilning birinchi 4 oyi ichida 700 dan ortiq qochoq Liviya qirg’og’idan uzoq nuqtada jon berdi.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #O'rta yer dengizi , #qochoqlar

Aloqador xabarlar