Kecha yana Idlibga qarshi havodan hujum qilindi

Kecha 14-aprel kuni Suriyaning shimolida o’rin olgan Idlib viloyati, Jisr ash-Shugur tumaniga qarashli Sikkeriya qishlog’iga qarshi havo hujumi uyushtiirlar ekan hujumchilarning Rossiyaga oid urush uchoqlari ekanligi tahmin qilinmoqda.

713099
Kecha yana Idlibga qarshi havodan hujum qilindi

Suriyaning shimolida o’rin olgan Idlib viloyati, Jisr ash-Shugur tumaniga qarashli Sikkeriya qishlog’ida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 5 kishi jon berdi, 8 kishi esa tan jarohati oldi. Jon berganlardan 3 nafari ayol kishilardan iborat.

Mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Rossiyaga oid ekanligi tahmin qilingan urush uchoqlari muxolifat guruhning nazorati ostidagi Sikkeriya qishlog’iga qarshi roppa-rosa 3 marotaba havodan hujum qilgan.

Aholi punktlari nishonga olingan hujumda bir necha uyning yer bilan yakson bo’lganligi ma’lum bo’lar ekan, tan jarohati olganlarning atrof-muhitdagi kasalxonalarga yetkazib borilganligi qayd etildi.

Tinch aholidan tashkil topgan mudofaa guruhlarining mintaqani tartibga keltirish faoliyatlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #Suriya , #urush uchog'i

Aloqador xabarlar