AQSh DEAShga qarshi yadroviy bo’lmagan dunyoning eng katta bombasidan foydalandi

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Afg’onistonda, DEASh terror tashkilotiga qarshi yadroviy bo’lmagan dunyoning eng katta bombasidan foydalanganligini ovoza qildi.

712321
AQSh DEAShga qarshi yadroviy bo’lmagan dunyoning eng katta bombasidan foydalandi

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Afg’onistonda, DEASh terror tashkilotiga qarshi yadroviy bo’lmagan eng katta bombadan foydalanganligini ovoza qildi.

Pentagon tomonidan ma’lum qilinishicha GBU-43/B bombasi mamlakatning sharqida joylashgan Nangarxor viloyatida kecha 13-aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat: 19:32 da Afg’onistonning Pokiston bilan chegaradosh bo’lgan Achin posyolkasida aniqlangan va DEASh terror tashkiloti a’zolari tomonidan foydalanilgan bir necha g’orni yo’q qilish maqsadida tashlangan.

AQSh Markaziy qurolli kuchlari bombani foydalanishdan oldin, mintaqadagi AQSh va Afg’oniston qurolli kuchlari shuningdek, tinch aholining xavfsizligi uchun ehtiyot choralari ko’rilganligini qayd etdi.   

Vazni 10 tonna bo’lgan va 2003-yili xizmatga tushirilgan GBU-43/B bombasi, ishlab chiqarilgan vaqtlarda dunyoning eng katta yadroviy bo’lmagan quroli sifatida ro’yhatlarga kiritilgan edi.

Tarixda birinchi marotaba urushda ishlatilgan ushbu bomba MC-130 rusumidagi raketadan otildi.

 

 



Aloqador xabarlar