Sankt-Peterburg terakti: Akbarjon Jalilov 2016 yilning dekabrida Turkiyadan deport bo’lgan

Shu yilning 4 aprel kuni Rossiya Tergov qo'mitasi 22 yoshli Akbarjon Jalilovni Sankt-Peterburg terakti ijrochisi sifatida ma’lum qildi.

710469
Sankt-Peterburg terakti: Akbarjon Jalilov 2016 yilning dekabrida Turkiyadan deport bo’lgan

Sankt-Peterburg teraktini sodir qilganlikda gumon qilingan Akbarjon Jalilov 2016 yilning dekabrida Turkiyadan deport bo’lgani aniqlandi.

Ma’lumotga ko’ra, u 1 yildan ortiq vaqt davomida Turkiyada noqonuniy ravishda yashab yurgan.

Jalilovning deportatsiyasi 2016 yil dekabrida tasdiqlangan bo’lib,  uning Turkiyaga 2015 yilning noyabrida kelgani va Turkiyada 13 oy davomida qolgani aniqlangan.

Ma’lum bo’lishicha, 2016 yilning dekabrida Akbarjon Jalilov mamlakatni Antaliya orqali tark etishga harakat qilgan, lekin buni uddalay olmagan.

Akbarjon Jalilov qo'lga tushganida uning Turkiyada muddatidan ortiq vaqt qolgani ma’lum bo'lgan.

Unga katta miqdordagi jarimani to'lagan holda Turkiyani tark etishi, yoki deportatsiya qilinib, 5 yilgacha mamlakatga qaytib kelmasligi tushuntirilgan. Jalilov ikkinchi variantni tanlagan. U Turkiyadagi Rossiya konsulligi orqali Rossiyaga qaytib ketgan.

4 aprel kuni Rossiya Tergov qo'mitasi 22 yoshli Akbarjon Jalilovni Sankt-Peterburg terakti ijrochisi sifatida ma’lum qildi.

Eslatma: Shu yilning 3 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida portlash sodir bo'lgan.

Portlash oqibatida 14 kishi halok bo'lgan va 51 kishi jarohatlangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar