Efiopiya va Sudan ikki davlat o’rtasida temir yo’li tarmog’ini insho etish xususida kelishib oldi

Efiopiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirgan Sudan Davlat rahbari O’mer Al-Beshir poytaxt Addis Ababada Efiopiya bosh vaziri Hailemariam Desalegn bilan uchrashdi.

706106
Efiopiya va Sudan ikki davlat o’rtasida temir yo’li tarmog’ini insho etish xususida kelishib oldi

Efiopiya va Sudan ikki davlat o’rtasida temir yo’li tarmog’ini insho etish va erkin iqtisodiy hudud tashkil qilish bo’yicha kelishib oldi.

Efiopiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirgan Sudan Davlat rahbari O’mer Al-Beshir poytaxt Addis Ababada Efiopiya bosh vaziri Hailemariam Desalegn bilan uchrashdi.

Al-Bashir uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida, ikki davlat munosabatlarini siyosiy, madaniy va iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish xususida kelishib olinganini ma’lum qildi.

Sudan va Efiopiyaning xavfsizligi ikkala davlatning ichki masalasi ekanini aytgan Beshir: “Tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qo’shinimiz va politsiyamiz hamkorlikda ish olib boradi”,-dedi.

Anjumanda mintaqada kelishmovchilikka sabab bo’lgan Ronesans to’g’onining qurilishi xususida Efiopiya va Sudan mushtarak tushunchaga ega ekani va Nil daryosi suvini adolatli taqsimlash uchun ikki davlat birdek hamkorlik qilgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar