Putin, yaqinda Vashington-Rossiya munosabatining qayta tiklanajagini qayd etdi

Putin, Rossiyaning Alhangelsk shahrida uyushtirilgan Xalqaro Arktik forumida Rossiya-AQSh munosabatlariga to’xtalar kean shuningdek Donald Trump bilan uchrashishga ham tayyor ekanligini ma’lum qildi.

702860
Putin, yaqinda Vashington-Rossiya munosabatining qayta tiklanajagini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan Finlandiyada bo’lib o’tadigan Arktika sammitida uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.  

Putin, Rossiyaning Alhangelsk shahrida uyushtirilgan Xalqaro Arktik forumida ishtirok etdi.

Rossiya Davlat rahbari Putin forumda soz’lagan nutqida, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi saylovga aralashganlik haqidagi ayblovlarni rad etib, AQSh bilan yaxshi munosabatda bo’lishni xohlaganliklarini ta’kidladi.

Amerika-Rossiya o’rtasidagi sovuqlikning ikki tomonning ham manfaatiga javob bermasligini eslatib o’tgan Putin, yaqinda Vashington bilan Rossiya munosabatining qayta tiklanajagini qayd etdi.  

Rossiya Davlat rahbari Suriya borasida Rossiya-AQSh hamkorligi doirasidagi faoliyatlarining yana-da yaxshilanayotganligini, terrorizmga qarshi kurashda ham Amerika bilan yaqin hamkorlik ichida bo’lishdan umidvor ekanliklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar