Isroil G'arbiy Sohilda yangi Yahudiy malallalari qurilishini ma'lum qildi

Isroil ishg'ol qilgan G'arbiy Sohilda yangi Yahudiy malallalari qurilishini ma'lum qildi.

703175
Isroil G'arbiy Sohilda yangi Yahudiy malallalari qurilishini ma'lum qildi

Isroil, 25 yildan keyin birinchi marta, ishg'ol qilgan G'arbiy Sohilda yangi Yahudiy mahallalari qurilishini ma'lum qildi.

Isroil Bosh vazirlik ofisidan berilgan bayonotda, yangi mahallalarning Xavfsizlik Kabineti tomonidan tasdiqlanganini bildirdi.

Bayonotda, G'arbiy Sohilning Shimolida qurilishi bildirilga teritoriyalarda, o'tgan oy yopilgan Amona Yahudiy mahallasidagi insonlarning joylashtirilishi takidlandi.

Falastinliklarga oid tuproqlarda qurilgani uchun mahkama qarori bilan yopilgan Amonda tahminan 50 Yahudiy oilasi yashayotgan edi.

Isroil boshqaruvi, Oslo yig'ilishidan beri ishg'ol qilgan G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda mavjud Yahudiy mahallalarini davomli kengaytirmoqda lekin yangilari qurmayotgan edi.

Bayonotda shuningdek, mavjud Yahudiy mahallalarining atrofida 900 gektarlik maydon ham "davlatga" o'tgan edi.

Matbuotda joy olgan xabarlarga ko'ra, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netenyahu, G'ariy Sohildagi Yahudiy mahallalarini endi kengaytirilmasligini ma'lum qilgan edi.

Bundan keyin quriladigan mahallalarining mavjud Yahudiy chegaralari ichida bo'lishi, lekin "Xavfsizlik va topografik shartlar uyg'un bo'lmagan taqdirda bu uylarning Yahudiy mahallalarini o'tmasligini lekin bu yerlarga yaqin qurilishi" bildirilmoqda.

Netenyahuning qarori, Amerika Qo'sha Shtatlari (AQSh), boshqaruvi bilan davom etgan muzokaralar doirasida bergani ifoda etilmoqda.

Isroil ishg'ol qilgan G'arbiy Sohilda tahminan 400 ming, Sharqiy Quddusda esa 200 ming Yahudiy yashaydi.

Xalqaro huquq qoidalariga ko'ra bu yerdagi Yahudiylarning hammasi noqonuniy istiqomat qilgani qabul qilinmoqda.



Aloqador xabarlar