Ruhoniy Moskvaga tashrifi chog'ida Vladimir Putin bilan uchrashdi

Birinchi marotaba amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan Hasan Ruhoniy poytaxt Moskvada Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.

701286
Ruhoniy Moskvaga tashrifi chog'ida Vladimir Putin bilan uchrashdi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Eron bilan Rossiya o’rtasidagi hamkorlikning uchinchi davlatlarga qarshi yo’lga qoyilmaganligini qayd etdi.

Birinchi marotaba amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan Hasan Ruhoniy poytaxt Moskvada Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.  

Uchrashuvning matbuotga ochiq ravishda amalga oshgan qismida muhim bayonotlar bergan Ruhoniy oxirgi yillarda, ikki mamlakat hamkorligining rivojlanganligini va uchrashuv chog’ida ushbu hamkorlikni yana da rivojlantirishni ko’zda tutgan yangi va shaxdam qadamlarning tashlanishidan umidvor ekanligini belgilab o’tdi va bu borada;

“Xalqaro miqyosdagi terrorizmga va narkotik moddalarga qarshi kurash sohasida tajribalimiz. Maqsadimiz mintaqada tinchlikni o’rnatib, barqarorlikni mustahkamlashtir. Hamkorligimizni rivojlantirish uchinchi davlatlarga qarshi yo’lga qoyilgani yo’q” dedi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham Eronning Rossiyaning eng yaxshi qo’shnisi va eng ishonchli sherigi ekanligini qayd etdi.

Ikkala mamlakatning diplomatik munosabatlarni 500 yildan beri qo’llab-quvvatlab kelganligini eslatgan Putin, “Moskva va Tehron har bir sohada samarali mexnat qilib kelmoqda. Xalqaro faoliyatlar, qadimiy va murakkab xalqaro muammolarni hal qilish va iqtisodiyot… bu sohalardan ba’zilarigina” dedi .



Aloqador xabarlar