Bolgariyada bugun muddatidan oldin parlament saylovi bo’lib o’tyapti

Bolgariya Markaziy saylov komissiya bugungi saylovda Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlardan tashqari boshqa davlatlarda ovoz beradigan saylovchilar uchun ovoz berish uchastkasida kirill alifbosi bilan ariza to’ldirish qoidasi kiritdi.

699314
Bolgariyada bugun muddatidan oldin parlament saylovi bo’lib o’tyapti

Bolgariyada parlament saylovida ovoz berish ishlari bugun mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da boshladi.

Bolgariya Markaziy saylov komissiya bugungi saylovda Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlardan tashqari boshqa davlatlarda ovoz beradigan saylovchilar uchun ovoz berish uchastkasida kirill alifbosi bilan ariza to’ldirish qoidasi kiritdi.

Ushbu qaror, chet eldagi Bolgariya fuqarosi bo’lgan minglab saylovchining noroziligiga yo’l ochdi.  

Ovoz berish uchastkasida to’ldirilishi shart bo’lgan bu arizalar, kirill alifbosini bilmagan Bolgariya fuqarolarining ovoz berish ishlarini murakkablashtiradi.

Bu vaziyat albatta Turkiyadagi minglab qo’sh fuqaroligi bor saylovchiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatar ekan oqibati, Turkiyadagi saylov qutilaridan yana-da oz byulleten chiqishiga yo’l ochadi.  

Bolgariya Markaziy saylov komissiya avvalgi saylovlarda nomi tilga olingan arizalarning to’ldirilishida kirill alifbosini bilmaganlarning boshqalaridan yordam olishiga ruxsat berar edi.

Shuningdek avvalgi saylovlarda Turkiyadagi ovoz berish uchastkasini 140 ta deya belgilagan MSK bu galgi saylovda buning sonini 35 taga tushirildi. Kamiga ovoz berish uchastkasida hech kimdan yordam so’ramay, ariza to’ldirish qoidasi bilan mubohasali qarorga imzo chekdi.

Saylovda 21 nafar mustaqil nomzod, 13 ta siyosiy partiya va 9 ta koalitsiya ishtirok etar ekan ular parlamentdagi 240 o’rin uchun kurashmoqda.

Bolgariya Markaziy saylov komissiyasiga ko’ra mamlakatda 6 million 500 ming saylovchi ro’yhatga olingan.  

Ulardan kamida 65 foizining ishtirok etishi kutilar ekan, saylovchilar uchun mamlakat bo’ylab 12 mingdan ortiq nuqtada ovoz berish uchastkasi tashkil etildi.

Qamoqxonalarda ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 222 nafar mahbus uchun ham saylov qutilari tayyor vaziyatda.

Ushbu saylovda ovoz berish uchun chet elda roppa-rosa 400 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ulardan 35 tasi Turkiyadagi Bolgariya fuqarolariga ajratilar ekan qolganlari dunyoning boshqa 70 davlatidagi Bolgariya fuqarolariga atalgan.

Ovoz berish ishlari bugun oqshom soat 20:00 da o’z nihoyasiga yetadi.

Saylovning birinchi norasmiy natijalari ham ana shunday keyingina ma’lum bo’ladi.



Aloqador xabarlar