O’rta yer dengizining Liviya yaqinlarida yana muhojirlar fojiasi yuz berdi

Italiya matbuotida o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra Liviya qirg’og’idan 15 dengiz mili uzoqligida yuz bergan fojiada muhojirlarni o’z ichiga olgan ikkita qayiq ag’darilib ketgan.

698022
O’rta yer dengizining Liviya yaqinlarida yana muhojirlar fojiasi yuz berdi

O’rta yer dengizining Liviya yaqinlarida yangi fojia yuz berib, oqibatida 250 muhojirning jon berganligidan xavotir olinmoqda.

Italiya matbuotida o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra Liviya qirg’og’idan 15 dengiz mili uzoqligida yuz bergan fojiada muhojirlarni o’z ichiga olgan ikkita qayiq ag’darilib ketgan.

Mintaqadagi qidiruv va qutqaruv faoliyatlarida ishtirok etgan bir nodavlat tashkilotiga oid qayiq, 5 nafar muhojirning jasadini dengizdan olib chiqgan va ikki boshqa muhojir qayig’ining suv ostiga botib ketganligi haqida xabar tarqatgan.

Fojiada 250 muhojirning jon berganligidan xavotir olinmoqda.

Italiya poytaxti Rimdagi Sohil xavfsizligi qo’mondonligi jon berganlar sonini aniqladi.

Ular ayni vaqtda qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga ko’mak bermoqda lekin dengiz va ob-havo sharoiti buni murakkablashtirmoqda.  

O’rta yer dengizining Liviya va Italiya o’rtasidagi yo’lda o’tgan yili 5 mingdan ortiq muhojir jon bergan edi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Liviya , #muhojirlar fojiasi

Aloqador xabarlar