Shimoliy Koreyaning roketa tajribasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi

Ma'lum bo'lishicha, tajribadan o’tkazish jarayonida roketa to’satdan portlab ketgan.

696565
Shimoliy Koreyaning roketa tajribasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi

Bugun Shimoliy Koreya tomonidan o’tkazilgan roketa tajribasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

Tajribadan o’tkazish jarayonida roketa to’satdan portlab ketgan.

Roketa tajribasining qayerda o’tkazilgani hali noma’lum.

Amerika qo’shini ham bu hodisani tasdiqladi.

Shimoliy Koreya tajriba o’tkazishidan bir necha soat oldin Amerikaga tahdid soluvchi ba’zi ifodalarni tilga olgan edi.

Shimoliy Koreya Amerika bilan urushga tayyor ekanini va hech qachon qo’rqmasligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumki, o’tgan hafta AQSh kotibi Rex Tillerson Shimoliy Koreya hukumatini oshkora ogohlantirdi.

Janubiy Koreya-Shimoliy Koreya chegarasidagi Panmunjom qishlog’ida bo’lgan Tillerson Shimoliy Koreyaga harbiy harakat uyushtirish masalasi kun tartibda ekanini va Amerikaning sabri tugaganini aytgan edi.

Bu o’zgarishdan so’ng, Shimoliy Koreya kecha Amerika obyektlari portlatilgani tasvirlangan videoni namoyish qildi.

Rasmiy mediada e’lon qilingan video klibda Amerikaning jangovar kemasi Shimoliy Koreya askarlari tomonidan portlatilgani va jangovar samolyotining esa urib tushirilgani tasvirlangan.

Ohirgi marta o’tgan hafta roketa motorini tajribadan o’tkazgan Shimoliy Koreya ayni paytda, ko’plab roketasini sharqiy sohilidagi Vonsan hududida tajribadan o’tkazgandi.

Bunga doir video tasvirlar internet tarmoqlarida e’lon qilingan edi.

Ming km masofaga ega bo’lgan roketalarning ba’zilari Yaponiyaning dengiz chegaralariga borib tushgan edi.

Roketalar Amerika bilan Janubiy Koreyaning harbiy tadbiqoti paytida tajribadan o’tkazilgan edi.

Shimoliy Koreya hukumatining roketa va atom tajriba o’tkazishi BMT tomonidan ta’qiqlangan, lekin mamlakat hukumati buni nazar pisand qilmayotir.

Bugungacha Shimoliy Koreya tomonidan o’tkazilgan roketa tajribalarining aniq soni noma’lum.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar