Suriyaning poytaxtida qo’shin bilan qurolli muxolif guruhlar o’rtasida kuchli to’qnashuv yuz berdi

Muxolif kuchlar Jo’bar hududida qo’shin obyektlariga hujumga o’tishdan oldin ikkita bomba ortilgan transportni portlatgan.

694962
Suriyaning poytaxtida qo’shin bilan qurolli muxolif guruhlar o’rtasida kuchli to’qnashuv yuz berdi

Suriyaning poytaxti Damashqda davlat qo’shini bilan qurolli muxolif guruhlar o’rtasida kuchli to’qnashuv ro’y berdi.

Guvohlarning aytishicha, to’qnashuv paytida shahar markaziga avtomat o’qlari va roketalar kelib tushgan.

Suriya qo’shini muxoliflarga qarshi havodan hujum qilgan.

Muxolif kuchlar Jo’bar hududida qo’shin obyektlariga hujumga o’tishdan oldin ikkita bomba ortilgan transportni portlatgan.

Suriya davlat matbuotida ma’lum qilinishicha, hujumda Jo’bardagi mahfiy tunellardan foydalanilgan.

Hozirda poytaxt Damashqda faqatgina ba’zi hududlargina muxoliflar nazoratida hisoblanadi.

Poytaxt markaziga eng yaqin shaharcha bo’lib hisoblangan Jo’barning bir qismi muxoliflar bilan terroristlarning, qolgan qismi esa qo’shinning qo’lida.

Jo’bar shaharchasini qo’lga kiritish uchun tomonlar ikki yildan beri bir-biriga qarshi jang qilmoqda.

Damashqdagi AFP xabar agentligi muhbirlari Jo’bar shaharchasi bo’ylab sodir bo’lgan portlashlardan so’ng, qo’shinning strategik ahamiyatga ega bo’lgan Abbasid maydoniga tomon ketgan yo’llarning barchasini to’sib tashlaganini ma’lum qildi.

15 mart chorshanba kuni Damashqdagi adolat saroyi oldida xudkush bombachi o’zini portlatib yuborgan.

Portlash oqibatida 31 kishi halok bo’lgan.

So’ngra, shahardagi bir oshxonada xudkush bombachi o’zini portlatib yuborishi oqibatida 20 kishi nobud bo’lgan.

BMTga ko’ra, Suriyada 6 yildan beri davom etgan ichki urushda 300 mingdan ziyod inson halok bo’lgan.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar