Bugun Gollandiyada saylov o’tkazilmoqda

So’ngi anketalarga ko’ra, Gollandiya bosh vaziri Mark Rutte boshchiligidagi Erkinlik va demokratiya uchun xalq partiyasi oldinda ketmoqda.

691634
Bugun Gollandiyada saylov o’tkazilmoqda

Bugun Gollandiyada saylov o’tkazilmoqda.

Ohirgi paytlarda Turkiya bilan Gollandiya o’rtasida kelib chiqqan nizolarning asosiy sabablaridan biri bo’lgan saylov turk vazirlarga nisbatan ko’rsatilgan millatchilik tufayli ko’ngilxiralik bilan o’tkazilmoqda.

So’ngi anketalarga ko’ra, Gollandiya bosh vaziri Mark Rutte boshchiligidagi Erkinlik va demokratiya uchun xalq partiyasi oldinda ketmoqda.

Ruttening eng katta raqibi esa, islom va Turkiyaga qarshi fikrlari bilan bilingan Greet Vildersning Erkinlik partiyasi.

Saylov natijalari mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi kelajagini va millatchilikning yana ham avj olib yoki olmasligini ko’rsatadi.

Zero, siyosiy kariyerasini irqchilik, millatchilik va musulmonlarga nisbatan salbiy ko’z-qarash bilan shakllantirgan Vilders Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish tarafdori.



Aloqador xabarlar